» » Uzbek Tigers bosh murabbiyi WSB finalida ham Astana Arlans bilan jang qilmoqchi

Uzbek Tigers bosh murabbiyi WSB finalida ham Astana Arlans bilan jang qilmoqchi


Bugun bo‘lib o‘tadigan Uzbek Tigers va Astana Arlans o‘rtasidagi to‘qnashuvdan bir kun oldin matbuot anjumani tashkil etildi. Unda mezbonlar bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev qozog‘istonlik raqiblarga qarshi tayyorgarlik ko‘ngildagidek o‘tganini ta’kidladi, deb yozdi “Olamsport”.

O‘ylaymanki, ertaga yigitlar o‘zlarining eng zo‘r jangini o‘tkazadi, tayyorgarlik ko‘ngildagidek kechdi. Nasib qilsa, janglarda g‘olib chiqib, muxlislarimizni xursand qila olamiz.

To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi

O‘zbekistonlik mutaxassisning fikriga ko‘ra, Astana Arlans uchun qolganlaridan farq qiladigan darajada tayyorgarlik ko‘rilmagan.

Biz barcha raqiblarga qarshi jang oldidan tayyorgarlik qilamiz. Barchasi reja asosida kechadi. Qaysidir raqib uchun alohida kuch bilan tayyorlanmaymiz.

To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers WSB’dagi ilk urinishida yarim finalga qadar yetib borgan bo‘lib, Toshkent mezbonlik qilgan final janglarida ishtirok eta olmagandi.

Finalda ham Astana Arlans bilan uchrashishni istaymanmi? Albatta! Bunga qarshi emasman. Balki, mavsum oxirida final jangini shu yerda o‘tkazib, huddi shu insonlar ishtirokida matbuot anjumani qilarmiz.

To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (1-04-2017, 13:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют