» » Isroil Turkiyaning “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasidan foydalanib Suriya hududidagi obyektlarga yashirincha zarba bergan

Isroil Turkiyaning “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasidan foydalanib Suriya hududidagi obyektlarga yashirincha zarba bergan


Isroil aviatsiyasi Suriyadagi nizolardan foydalanib qolgan va yashirin ravishda mamlakat hududiga havodan zarba yo‘llagan. Bu haqda jurnalist Babak Taghvaee Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Suriya shimoli-sharqidagi notinch vaziyat Isroil harbiy havo kuchlariga mamlakatdagi Islom revolyutsiyasi korpusiga (Eron armiyasining yuqori darajali bo‘linmasi) bog‘liq joylarga hujum qilish imkoniyatini bergan. Isroil aviatsiyasi Iroq chegarasi yaqinida joylashgan Abu-Kamoldagi Islom revolyutsiyasi korpusiga aloqador lagerlarga havodan hujum zarbasi yo‘llagan”, — deb yozgan jurnalist.

20-sentabrda Rossiya qiruvchi samolyotlari Isroil aviatsiyasining Damashq yaqinidagi yerlarga hujum qilishiga to‘sqinlik qilgandi. Undan avval Rossiya Suriya armiyasining Isroil harbiy samolyotlariga qarshi С-300 raketa komplekslaridan foydalanishiga ruxsat bergan.

Rossiya qo‘shinlarining ushbu qaroriga Isroilning F-35 bilan bir necha marta Suriya hududidagi obyektlarga hujum uyushtirgani sabab bo‘lgan. Moskva bilan kelishuvga ko‘ra, Isroil bu kabi harakatlarni amalga oshirmasligi lozim, biroq yahudiylar qo‘shini ushbu bitim shartlarini tez-tez buzmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют