» » Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida OKMKga yutqazib qo‘ydi

Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida OKMKga yutqazib qo‘ydi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 22-tur bahslariga 18-oktabr, juma kuni start berildi.

Kunning dastlabki uchrashuvida “Qo‘qon-1912” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qildi.

Bellashuvda mezbon jamoa hujumchisi Hamidullo Abduhamidov (29) urgan golga navoiyliklar Salim Mustafoyev (45+2) hamda Stiven Lustitsa (67)ning golalri bilan javob qaytardi.

Shu tariqa qo‘qonliklar o‘z uyida kechgan bahsda “Qizilqum”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, “Qo‘qon-1912” 21 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. “Qizilqum” esa 22 ochko bilan 11-o‘rinni band qilib turibdi.

Shu kuni Bekobodning “Metallurg” klubi Jizzaxning “So‘g‘diyona”siga qarshi maydonga tushdi.

O‘yindagi yagona gol 37-daqiqada urildi. Unga Jizzax klubi yarim himoyachisi Sanjar Rashidov mualliflik qildi.

Natijada “So‘g‘diyona” mehmonda “Metallurg”ni kichik hisobda mag‘lub etdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi (1:0).

Qayd etish joiz, mazkur g‘alabadan so‘ng “So‘g‘diyona” ochkolari sonini 35 taga yetkazdi va jamoa musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 8-o‘rindan joy olgan “Metallurg” esa 27 ochko yig‘gan.

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi esa Olmaliqning OKMK klubi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuv davomida Olmaliq klubi vakillari Murod Toshmatov (29) va Bobur Yo‘ldoshev (45+2) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Bahs yakuniga ko‘ra OKMK “qaldirg‘ochlar” darvozasiga javobsiz 2 ta gol urib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, “Bunyodkor” 35 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida kuchli uchtalikda bormoqda. OKMK esa 25 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Superliga

22-tur bahslari

18-oktabr, juma

Gollar: 1:0 — 29 Hamidullo Abduhamidov, 1:1 — 45+2 Salim Mustafoyev, 1:2 — 67 Stiven Lustitsa

Gol: 0:1 — 37 Sanjar Rashidov

Gollar: 0:1 — 29 Murod Toshmatov, 0:2 — 45+2 Bobur Yo‘ldoshev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют