» » A Seriya. Ronaldu gol urgan o‘yinda “Yuventus” zafar quchdi, “Napoli”da ham g‘alaba (video)

A Seriya. Ronaldu gol urgan o‘yinda “Yuventus” zafar quchdi, “Napoli”da ham g‘alaba (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 8-turi doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” o‘z maydonida “Verona”ni qabul qildi.

Bellashuvning 37 va 67-daqiqalarida neapolliklar hujumchisi Arkadiush Milik ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va dublga erishdi.

Natijada “Napoli” “Verona” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, “Napoli” 16 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Verona” esa 9 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Mauritsio Sarri boshqaruvidagi Turinning “Yuventus” klubi o‘z uyida “Bolonya”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin davomida “keksa sinyora” vakillari Krishtianu Ronaldu (19) hamda Miralem Pyanich (54) bittadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goliga braziliyalik himoyachi Danilo Larangeyra (26) mualliflik qildi.

Shu tariqa turinliklar o‘z uyida kechgan bahsda “Bolonya”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan “Yuventus” ochkolari sonini 22 taga yetkazib oldi. “Bolonya” esa 9 ochko yig‘ib 12-o‘rinni band qilib turibdi.

A Seriya

8-tur bahslari

19-oktabr, shanba

Gollar: 0:1 — 23 Muriel, 0:2 — 28 Muriel, 0:3 — 37 Gomes, 1:3 — 69, penalti Immobile, 2:3 — 70 Korrea, 3:3 — 90, penalti Immobile

Gollar: 1:0 — 37 Milik, 2:0 — 67 Milik

Gollar: 1:0 – 19 Ronaldu, 1:1 – 26 Larangeyra, 2:1 – 54 Pyanich

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2019, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют