» » Ulug‘bek Ro‘ziqulov Vyetnam prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Ulug‘bek Ro‘ziqulov Vyetnam prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi


Qarorgohi Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lgan O‘zbekistonning Vyetnamdagi elchisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov 16-oktabr, chorshanba kuni Vyetnam prezidenti Nguyen Fu Chongga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasidagi munosabatlarni ikki tomonlama jihatdan va ko‘p tomonlama formatlarda yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi TIV axborotida.

Vyetnam rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan o‘zgarishlar nafaqat O‘zbekistonning kompleks rivojlanishiga, balki butun mintaqada o‘zaro ishonch va hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga ham xizmat qilishini qayd etgan.

Nguyen Fu Chong savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik istiqbollariga alohida to‘xtalib o‘tgan. Xususan, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmining oshayotganini, qishloq xo‘jaligi va akvamadaniyat sohalaridagi hamkorlikning rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan e’tirof etgan.

“Shu bilan birga, prezident Nguyenning fikricha, Xanoy shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi hamkorlikning yanada ko‘proq yangi yo‘nalishlarini ochadi”, — deb yozadi TIV matbuot xizmati.

Suhbat so‘ngida Vyetnam rahbari O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga omad va farovonlik tilaklarini yetkazib qo‘yishni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Ro‘ziqulov ayni vaqtda O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi ham hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют