» » Toshkent viloyatida o‘g‘irlab ketilgan 18 yoshli fuqaro shafqatsizlarcha o‘ldirilgani aniqlandi

Toshkent viloyatida o‘g‘irlab ketilgan 18 yoshli fuqaro shafqatsizlarcha o‘ldirilgani aniqlandi


Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, A.Navoiy ko‘chasida 45 yoshli M.M. 18 yoshli A.K. qo‘lini skotch bilan bog‘lab, Lacetti avtomashinaga majburlab o‘tkazib, noma’lum tomonga olib ketdi.

Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea shu yilning 9-sentabrida soat 20:30 larda sodir bo‘lgan.

19-oktabr, shanba kuni Chirchiq shahrining suv havzasidan A.K.ning murdasi qo‘l va bo‘yin qismi skotch bilan bog‘langan holda qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu moddada 15 yildan 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют