» » Toshkentda Mercedes-Benz va Nexia avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi jarohatlandi

Toshkentda Mercedes-Benz va Nexia avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi jarohatlandi


Toshkent shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi jarohatlandi, deb xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

16-oktabr, chorshanba kuni taxminan soat 12:30 da Mirobod tumanidagi Mehirjon va Eski Sarako‘l ko‘chalari kesishmasida Mercedes-Benz haydovchisi 67 yoshli Rahim R. 27 yoshli Oybek A. boshqarib borgan Nexia avtomobiliga to‘qnashgan.

YTH oqibatida Mercedes-Benz rusumli avtomobil yo‘lovchisi 66 yoshli Sanobar X. tan jarohatlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.

YTH Nexia rusumli avtomobil haydovchisi ikkinchi darajali yo‘lakda harakatlanib, asosiy yo‘lakdan harakatlanayotgan Mercedes-Benz avtomobilni o‘tkazib yubormagani sababli yuzaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют