» » Tailandda velosipedchilar uchun 20 kilometr uzunlikka ega estakada qurilishi mumkin

Tailandda velosipedchilar uchun 20 kilometr uzunlikka ega estakada qurilishi mumkin


Tailand poytaxti Bangkok shahrida hukumat velosipedchilar uchun 20 kilometr uzunlikdagi estakada yo‘li qurilishini boshlamoqchi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Yengil metalldan ishlab chiqiladigan estakadani loyihachilar Bangkok markazini Suvannapxu xalqaro aeroporti bilan bog‘lovchi yer osti metrosi ustiga “ilib” qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Metro yo‘nalishining uzunligi 28,5 kilometr, velosiped estakadasi esa 20 km uzunlikda bo‘ladi va u Tailand poytaxtini shahar tashqarisidagi hudud bilan bog‘lab turadi. Estakadada velosipeddagi fuqarolarning metro bekatiga tushishi va undan chiqishi uchun maxsus ko‘prikli o‘tish yo‘llari ham bo‘ladi.

Loyihaning qurilishi Tailand hukumatining Bangkokda velosipedchilar harakatini ko‘paytirish yuzasidan ishlab chiqqan keng qamrovli rejasi ijrosining birinchi bosqichi bo‘ladi. Ushbu rejaga ko‘ra, shaharning barcha tumanlarida velosipedchilar uchun alohida yo‘l chizig‘i joriy qilinadi, barcha davlat muassasalari, savdo markazlari va boshqa binolarda velosipedchilar uchun maxsus to‘xtash joylari quriladi.

Loyiha mualliflari aholi uchun qulay va xavfsiz velosiped yo‘llarining qurilishi mamlakatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilinishiga turtki bo‘lishiga umid qilmoqda.

Bangkokning tarixiy markazida velosipedchilar uchun maxsus yo‘laklar mavjud va velosipedlar ijaraga beriladi, ammo avtomobil yo‘llarining serqatnovligi, tez-tez tiqilinchlar bo‘lib turishi hamda tig‘iz vaqtda havoga chiqindi gazlarining ko‘p chiqarilishi sabab velosipedchilar uchun sharoitlarni qoniqarli deb bo‘lmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют