» » Markaziy bank xodimi qayta moliyalash stavkasining o‘zgarishsiz qoldirilganiga izoh berdi

Markaziy bank xodimi qayta moliyalash stavkasining o‘zgarishsiz qoldirilganiga izoh berdi


Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan qayta moliyalash stavkasi yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi. Buning sabablarini Markaziy bankning pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamroyev izohladi, deb yozmoqda O‘zA.

Mavzuga doir: Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Behzod Hamroyevning ma’lum qilishicha, buning bir nechta omili mavjud. Dastlabki yetti oyda inflyatsion jarayonlar me’yorida o‘zgarib bordi. Unga ko‘ra, yillik prognoz 13,5—15,5 foiz oralig‘ida bo‘lishi kutilgan edi. Biroq, keyingi oylarda inflyatsiya ba’zi bir xatarlar asosida tezlashib ketgan. Lekin, o‘tgan oyda u yana sekinlashdi. Hozirda maqsad sifatida yil oxiriga qadar iste’mol narxlari o‘sish sur’atini bosqichma-bosqich sekinlashtirib, inflyatsiyani 15,5 foizga yaqin darajada shakllantirish belgilangan.

Qayd etilishicha, agarda hozirgi sharoitda ya’ni inflyatsiya yuqori bo‘lgan vaqtda stavka ko‘tarilsa, bu kredit bozorida ma’lum bir masalalarni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki aholining ma’lum bir qatlami imtiyozli kredit olish huquqiga ega. Yana bir qismi esa tijorat krediti oladi. Qayta moliyalash oshsa, tijorat krediti oladiganlarga u juda qimmatga tushadi.

Behzod Hamroyevning qo‘shimcha qilishicha, valyuta kursi hozirgi kabi o‘zgarishda davom etsa, dollarda kredit olganlarning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Ana shu kabi omillar o‘rganilgan va shuning uchun qayta moliyalash stavkasi 16 foiz darajasida saqlab qolingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют