» » YChL. “Real” nihoyat g‘alaba qozondi, “Man Siti” va “Tottenhem” 5 tadan gol urdi, “Yuventus”da esa qiyin g‘alaba

YChL. “Real” nihoyat g‘alaba qozondi, “Man Siti” va “Tottenhem” 5 tadan gol urdi, “Yuventus”da esa qiyin g‘alaba


Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan 22-oktabr, seshanba kungi o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Madridning “Real” klubi Turkiyaga safar qildi va “Galatasaroy” bilan kuch sinashdi. Toni Kroos tomonidan 18-daqiqada kiritilgan to‘p o‘yin masalasini hal qilib berdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida PSJ safarda “Bryugge” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi. Uchrashuvda Kilian Mbappe het-trik qayd etgan bo‘lsa, Mauro Ikardi dublga erishdi.

Barcha gollarni “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’da tomosha qiling!

“Yuventus” o‘z maydonida Moskvaning “Lokomotiv” jamoasini imtihondan o‘tkazdi. Dastlab “temiryo‘lchilar” Aleksey Miranchukning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Biroq Paulo Dibala 77 va 79-daqiqalarda gol urgan holda turinliklarga uch ochko taqdim etdi.

Shuningdek, ushbu turda “Atletiko”, “Tottenhem”, “Bavariya” va “Manchester Siti” jamoalari ham g‘alabaga erishdi.

Chempionlar Ligasi

3-tur bahslari

22-oktabr, seshanba

“A” guruhi

Gollar: 0:1 – 7 Ikardi, 0:2 – 61 Mbappe, 0:3 – 63 Ikardi, 0:4 – 79 Mbappe, 0:5 – 83 Mbappe.

Gol: 0:1 – 18 Kroos.

“B” guruhi

Gollar: 1:0 – 9 Keyn, 2:0 – 16 Son Hyon Min, 3:0 – 44 Son Hyon Min, 4:0 – 57 Lamela, 5:0 – 72 Keyn.

Gollar: 1:0 – 23 Al-Arabi, 1:1 – 34 Levandovski, 1:2 – 62 Levandovski, 1:3 – 75 Tolisso, 2:3 – 79 Gilerme.

“C” guruhi

Gollar: 1:0 – 16 Konoplyanka, 1:1 – 25 Olmo, 1:2 – 60, penalti Orshich, 2:2 – 75 Dodo.

Gollar: 0:1 – 28, penalti Malinovskiy, 1:1 – 34 Aguero, 2:1 – 38, penalti Aguero, 3:1 – 58 Sterling, 4:1 – 64 Sterling, 5:1 – 69 Sterling.

“D” guruhi

Gol: 1:0 – 78 Morata.

Gollar: 0:1 – 30 Miranchuk, 1:1 – 77 Dibala, 2:1 – 79 Dibala.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 02:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют