» » YChL. “Real” 5 ta, “Man Siti” esa 6 ta gol urib g‘alaba qozondi, Ronaldu gol urgan o‘yinda “Yuventus” MYuga yutqazdi (video)

YChL. “Real” 5 ta, “Man Siti” esa 6 ta gol urib g‘alaba qozondi, Ronaldu gol urgan o‘yinda “Yuventus” MYuga yutqazdi (video)


7-noyabr, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 4 ta guruhida 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

“E” guruhida “Bavariya” jamoasi o‘z maydonida Afinaning AYEK jamoasini sinovdan o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Robert Levandovski dublga erishdi. “Benfika” esa “Ayaks”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Gollar Jonas hamda Dushan Tadich tomonidan kiritildi.

“F” guruhida “Manchester Siti” klubi “Etihad” stadionida “Shaxtyor Donetsk” jamoasini qabul qilib, 6:0 hisobida yirik g‘alabani nishonladi. Uchrashuvda Gabriel Jezus het-trikka erishdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida “Lion” Germaniyaning “Hoffenhaym” klubi bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.

“G” guruhida esa Moskvaning SSKA klubi o‘z maydonida Rimning “Roma”si bilan kurash olib borib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Madridning “Real” jamoasi “Viktoriya” klubiga qarshi safarda maydonga tushdi va 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Madridliklar safida Karim Benzema dublga erishdi. Kazemiro, Garet Beyl va Toni Kroos esa bittadan gol kiritdi.

“H” guruhida “Valensiya” jamoasi o‘z maydonida Shveysariyaning “Yang Boyz” klubi bilan bahsga kirishib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Santi Mina dubl qayd etdi. Mezbonlarning yana bir goli Karlos Solyer tomonidan kiritildi. Mehmonlardan esa Assale javob goli muallifi bo‘ldi. Ikkinchi uchrashuvda esa “Yuventus” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Avvaliga 65-daqiqada Krishtianu Ronaldu sobiq jamoasi darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 86-daqiqada Xuan Mata hisobni tenglashtirdi. 89-daqiqada esa Aleks Sandro avtogol sohibiga aylandi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

4-tur bellashuvlari

7-noyabr, chorshanba

“E” guruhi

Gollar: 1:0 – 31, penalti Levandovski, 2:0 – 71 Levandovski.

Gollar: 1:0 – 29 Jonas, 1:1 – 61 Tadich.

“F” guruhi

Gollar: 1:0 – 13 Silva, 2:0 – 24, penalti Gabriel Jezus, 3:0 – 48 Sterling, 4:0 – 72, penalti Gabriel Jezus, 5:0 – 84 Mahrez, 6:0 – 90 Gabriel Jezus.

[telegram_embed_post link="[ Video ] ??Manchester Siti 6:0 Shaxtyor / YChL / 4 tur / Barcha gollar! ? ? https://t.me/joinchat/AAAAAEN_jPAAf5CHVr-Olg"]

Gollar: 1:0 – 19 Fekir, 2:0 – 28 Ndombele, 2:1 – 65 Kramarich, 2:2 – 90 Kaderjabek.

“G” guruhi

Gollar: 0:1 – 4 Manolas, 1:1 – 51 Sigurdsson, 1:2 – 59 Pellegrini.

Gollar: 0:1 – 20 Benzema, 0:2 – 23 Kazemiro, 0:3 – 37 Benzema, 0:4 – 40 Beyl, 0:5 – 67 Kroos.

“H” guruhi

Gollar: 1:0 – 14 Santi Mina, 1:1 – 37 Assale, 2:1 – 42 Santi Mina, 3:1 – 56 Soler.

Gollar: 1:0 – 65 Ronaldu, 1:1 – 86 Mata, 1:2 – 89, avtogol Aleks Sandro.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют