» » Artel kompaniyasi Aquatherm Baku 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Artel kompaniyasi Aquatherm Baku 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda


2-oktabrdan 25-oktabrgacha Artel kompaniyasi “O‘zeltexsanoat” bilan hamkorlikda Aquatherm xalqaro ko‘rgazmasida qatnashmoqda. Ushbu ko‘rgazma Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Baku shahrida o‘tkazilayotgan bo‘lib, konditsionerlash, ventilyatsiyalash, suv ta’minoti, havo tozalash isitish va sovitish sohalaridagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi.

Xalqaro Aquatherm Baku ko‘rgazmasi butun dunyodan yuqori malakalik mutaxassislarni o‘ziga jalb qiladi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Italiya, Livan, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Chexiya va Saudiya Arabiston davlatlaridan tashrif buyurgan kompaniyalar qatnashmoqda. Aquatherm ko‘rgamasida qatnashish bir qator afzalliklarga ega. Masalan, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar Artel vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatiga ega. Islohotlar ma’lum qilishicha, ko‘rgazmada taqdim etilgan mahsulotlar olti marta yaxshiroq sotiladi va o‘zga reklama vositalariga qaraganda ancha uzoqroq esda qoladi. Statistikaga ko‘ra tashrif buyurgan mehmonlarning 90% ko‘rgazmada taqdim etilgan ma’lumotga asoslangan holda mahsulot xarid qilishadi. Bundan tashqari, ko‘rgazmada qatnashayotgan korxonalar uchun xalqaro savdo munosabatlarini o‘rnatish uchun keng imkonityalar yaratilgan.

Aquatherm Baku 2019 ko‘rgazmasida Artel kompaniyasi devorga osiluvchi hamda mobil konditsionerlarni, elektr suv isitgichlarini, ikki konturlik gaz qozonlarini, hamda quyosh suv isitgichlarini taqdim etgan. Kompaniya stendi tashrif buyurgan mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Korxonaga bo‘lgan yuqori qiziqish tabiiydir: bugungi kunda Artel mahsulotlari deyarli barcha MDH davlatlariga eksport qilinuvchi O‘rta Osiyoning eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyasi hisoblanadi.

Ma’lumki, eksport salohiyatini kuchaytirish bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilishi lozim bo‘lga eng muhim vazifalardan biridir. Yurtimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyov aytganlaridek: “Eksportsiz bitta ham korxonaning kelajagi yo‘q. Mamlakatning kelajagi yo‘q”. Chet el davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlarning Artel stendiga bo‘lgan qiziqishi nafaqat korxonaning o‘zi, balki Made in Uzbekistan g‘oyasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ko‘rgazma mehmonlari Artel korxonasi misolida milliy kompaniyalarimiz yuqori texnologik, sifatli va asosiysi ommabop mahsulot ishlab chiqara olishiga o‘z ko‘zlari bilan ishonch hosil qilishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Artel kompaniyasining Aquatherm Baku 2019 ko‘rgazmasida qozongan muvofaqqiyati yurtimiz eksport salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi hech shubhasizdir.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют