» » Davlat bojxona qo‘mitasi maxfiy yuklar ortilgan furalar haqida: “Tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emas”

Davlat bojxona qo‘mitasi maxfiy yuklar ortilgan furalar haqida: “Tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emas”


O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi 23-oktabr kuni “Daryo”da e’lon qilingan “Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidan maxfiy yuklar ortilgan furalar o‘tgani xabar qilindi” sarlavhasi ostidagi xabarga munosabat bildirdi.

Ushbu xabarlarda go‘yoki Turkmanistonga tegishli 4 ta yuk avtotransport vositasi ‘Forob’ (Turkmaniston) va ‘Olot’ (O‘zbekiston) chegara punktlari orqali harakatlanayotganligi, ularning yuk hujjatlarida ‘Tekshirish taqiqlanadi’ deb yozilganligi hamda tovarlar bojxona tekshiruvlaridan o‘tkazilmayotganligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirilganda, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligi ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan barcha avtotransport vositalari amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida zamonaviy nazorat-texnik vositalarini qo‘llagan holda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-dekabrdagi ‘O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida’gi 1007-sonli qaroriga muvofiq, davlat chegarasi orqali o‘tadigan barcha shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazilishi shartligi belgilangan.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Mavzuga doir: Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidan maxfiy yuklar ortilgan furalar o‘tgani xabar qilindi

Ta’kidlash kerakki, hozirda Turkmaniston davlat do‘konlarida un, o‘simlik yog‘i, tuxum va tovuq go‘shtining tanqisligi davom etmoqda. Shuningdek, o‘tgan hafta Toshhovuz, Lebop va Ahal viloyatlarida gepatit A kasalligi tarqalgani haqida ham xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют