» » Davlat bojxona qo‘mitasi “Dovud ota” postidagi “furalar tirbandligi”ga munosabat bildirdi

Davlat bojxona qo‘mitasi “Dovud ota” postidagi “furalar tirbandligi”ga munosabat bildirdi


Davlat bojxona qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning “Tajen” chegara bojxona postidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Dovud ota” chegara bojxona postiga kirishda 40 ta “fura” tirbandlik sababli navbatda turganligi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovud ota” chegara bojxona posti tomonidan tirbandliklarni oldini olish maqsadida, sentabr oyining so‘nggi kunlarida respublikaga kirish yo‘nalishida harakatlanuvchi yuk avtotransport vositalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi barcha kuch va vositalar safarbar qilingan holda amalga oshirilmoqda.

Bojxona chegarasi orqali harakatlangan avtotransport vositalari soni tahlil qilinganda, sentabr oyi yakuni bo‘yicha ularning harakati o‘tgan davrga nisbatan keskin oshganligi kuzatilgan.

Bugungi kunda respublikaning chegara bojxona postlari orqali kuniga o‘rtacha 130 ming fuqaro, 6 000 taga yaqin avtotransport vositalari harakatlanayotgan bo‘lib, shundan 2 300 ­tasi yuk avtotransport vositalari, 3 700 tasi esa yengil avtotransport va avtobuslarni tashkil etadi.

“Birgina, “Dovud ota” chegara bojxona posti orqali sentabr oyi boshida har kuni o‘rta hisobda 150 ta yuk avtotransport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan bo‘lsa, 26—30-sentabr kunlari davomida har kuni o‘rta hisobda 230 ta yuk avtotransport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan.

Bojxona posti orqali o‘tish uchun kelgan avtotransport vositalari zamonaviy nazorat-texnik vositalardan samarali foydalangan holda tezkorlik bilan, hech bir moneliksiz va sun’iy to‘siqlarsiz bojxona nazoratidan o‘tkazilmoqda. Chegara bojxona postlarida avtotransport vositlari tirbandligi holatlarini oldini olish maqsadida bojxona organlari tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu masalada qo‘shni davlatlar bojxona xizmatlari bilan ham hamkorlikda ishlar tashkillashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Sutka davomida harakatlangan avtotransport vositalari bo‘yicha ma’lumotlar internet tarmog‘idagi Davlat bojxona qo‘mitasining “bojxona.uz” rasmiy saytiga real vaqt rejimida joylashtirib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют