» » Qamashi tuman hokimi va’dasida turmadi. Qulash arafasidagi ko‘prik bir oy o‘tgan bo‘lsa-da, ta’mirlanmagani ma’lum bo‘ldi

Qamashi tuman hokimi va’dasida turmadi. Qulash arafasidagi ko‘prik bir oy o‘tgan bo‘lsa-da, ta’mirlanmagani ma’lum bo‘ldi


Sentabr oyida Qamashida qariyb 7 ming aholi koriga yarayotgan ko‘prik qulash arafasiga kelgani va qishloq ahli “qamal”da qolayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Qamashida qariyb 7 ming aholi koriga yarayotgan ko‘prik qulash arafasida. Qishloq ahli “qamal”da qolganidan shikoyat qilmoqda

24-oktabr kuni o‘sha ko‘prik joylashgan Qo‘shkapa qishlog‘ida bo‘lgan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, 17-sentabr kuni boshlanishi va’da qilingan qurilish ishlaridan hamon darak yo‘q.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, ko‘prikning siljib, qulash arafasiga kelgan qismi o‘pirib olingan. Siljiyotgan beton olib tashlangach, katta jarlik yuzaga kelgan. Shunga qaramay yo‘lda avtomobillar harakati davom etmoqda.

Aholining aytishicha, ushbu yo‘lda harakat ilgarigidek davom etmoqda.

“Mutasaddilar vaziyatga beparvo qarashgach, aholi ham bemalol harakatni davom ettiryapti. Biz bundan juda qo‘rqyapmiz”, — deydi aholi vakillari.

Ko‘prikdan nafaqat yengil avtomobillar, umumiy vazni 3,5 tonnadan ortiq avtomobillar ham harakatlanmoqda.

Dastlabki maqolada tuman hokimi o‘rinbosari Qurbon Haydarov ko‘prik ta’miri uchun qurilish tashkiloti jalb qilinganligini, 17-sentabr kuni loyihachilar, undan so‘ng esa quruvchi tashkilot vakillari kelib ish boshlashini ma’lum qilgandi. Biroq oradan bir oy muddatdan ko‘p vaqt o‘tayotgan bo‘lsa-da, qurilish ishlari boshlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют