» » Foto: Toshkent Shimoliy vokzali yaqinida qurilgan ko‘prik ochildi

Foto: Toshkent Shimoliy vokzali yaqinida qurilgan ko‘prik ochildi


Toshkent Shimoliy vokzali yaqinida qaytadan qurib bitkazilgan ko‘prik transport vositalari harakati uchun ochildi. “Nuz.uz”ning yozishicha, 28-sentabr oqshomidayoq ko‘prik bo‘ylab avtomobillar harakat qilayotgan edi.

“Haydovchilar avvallari tor ko‘chalar va tirband yo‘llar sabab yarim soatda boradigan manzillariga bugun, 29-sentabr kuni tongda sanoqli daqiqalarda yetib olishga muvaffaq bo‘lishdi”, — deb yozadi “Nuz.uz” nashri.

Avval xabar berilganidek, Mirobod tumanidagi avvaldan mavjud 346 metrlik ko‘prik rekonstruksiya qilindi — unga qo‘shimcha 281 metrlik yo‘l o‘tkazgich ulandi. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun yo‘laklar bor.

Ko‘prikning 2008-yilda buzib tashlangan bu qismini qayta tiklash haqidagi ko‘rsatma 2017-yil bahorida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют