» » Xorijda ishlaydigan o‘zbeklarni himoya qilishga mo‘ljallangan loyiha muhokamaga qo‘yildi

Xorijda ishlaydigan o‘zbeklarni himoya qilishga mo‘ljallangan loyiha muhokamaga qo‘yildi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha hujjat loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Xorijda ishlaydigan o‘zbeklarni himoya qilishga mo‘ljallangan loyiha 7-noyabrga qadar muhokama uchun ochiq.

“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”dagi qonunning 15-moddasini quyidagi tahrirdagi uchinchi qism bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda. “Xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma har bir xizmat turi bo‘yicha alohida tuziladi:

Shuningdek, hujjatda ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lov miqdori xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra belgilanishi, biroq qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining uch barobaridan oshmasligi lozimligi keltirilgan.

O‘zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun to‘lov miqdori xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra belgilanadi, biroq ishga joylashgan joydagi xorijiy ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan bir oylik ish haqi miqdoridan oshmasligi lozim.

O‘zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha shartnoma imzolangandan so‘ng ish qidirayotgan shaxs 2 (ikki) ish kun ichida jo‘natuvchi tashkilot xizmatlari narxining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oldindan to‘lovni amalga oshiradi.

To‘lanadigan tahminiy to‘lov miqdori xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra belgilanadi, biroq qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz barobaridan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

Xususiy bandlik agentligi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yakuniy hisob-kitoblar ish qidirayotgan shaxs tomonidan ishchi viza, mehnat shartnomasi loyihasi yoki chet ellik ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan va ishga joylashishni kafolatlaydigan boshqa hujjat taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Xorijda ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi shartnoma xususiy bandlik agentligi tomonidan O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” dasturiy ta’minoti elektron bazasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Qonunning 17-modda birinchi qismi quyidagi tahrirdagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilish taklif qilindi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют