» » O‘zbekiston OTMlarida kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

O‘zbekiston OTMlarida kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 21-oktabrdagi qaroriga asosan 2019/2020-o‘quv yilida OTMlar bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan talabalar uchun shartnoma pulini to‘lashning so‘nggi muddati etib 2019-yilning 20-noyabri belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish uchun ham so‘nggi muddat sifatida mazkur sana belgilangan.

20-noyabrga qadar o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha rasmiylashtirish ishlari ham yakunlanishi kerak.

Avvalroq 2019/2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 15-oktabr etib belgilangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:

OTMlarda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda — “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi

Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar 30 foizdan ortiq fanlardan 3 baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum bo‘ladi

Super-kontrakt narxlari e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют