» » O‘zbekistonga joriy yilda 725 ming sayyoh keldi

O‘zbekistonga joriy yilda 725 ming sayyoh keldi


Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yil yanvar—sentabr oylarida O‘zbekistonga kelgan va ketgan shaxslarga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari sonining tahliliga ko‘ra, yanvar–sentabr oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 388 800 nafarga ko‘p chet el fuqarolari tashrif buyurgan. Ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 2018-yil yanvar–sentabr oylarida 10 812 000 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil yanvar—sentabr oylarida 9 771 200 nafarni tashkil etdi.

2019-yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining 54,1 foizini (3 273 100 kishi) erkaklar, 45,9 foizi (2 782 200 kishi) ayollarni tashkil etadi.

Shu bilan birga, ketgan O‘zbekiston fuqarolarining 58,9 foizi (5 756 300 kishi) erkaklar, 41,1 foizi (4 014 900 kishi) ayollardir. MDH davlatlaridan O‘zbekistonga 5 586 000 kishi tashrif buyurgan bo‘lib, ularning 4 026 600 nafari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 623 800 nafari tranzit orqali, 452 100 nafari sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan. Uzoq xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga 469 300 kishi tashrif buyurgan.

Xalqaro turizm statistikasi bo‘yicha tavsiyalarga muvofiq (BMTBTT—2008), “xizmat yuzasidan”, “o‘qish”, “sayohat”, “qarindoshlarni yo‘qlash”, “davolanish”, “tijorat” maqsadlarni o‘z ichiga olgan sayyohlik safarlari bilan O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari soni 2019-yil yanvar—sentabr oylarida 4 938 500 kishini tashkil etib, 2018-yilning mos davriga nisbatan 26,1 foizga oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют