» » Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi


23-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’molchilarga muntazam yetkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi.

Ushbu yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va eksportga yoqilg‘ini uzluksiz yetkazib berish, texnologik sarf-xarajat va yo‘qotishlarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlanib, zaruriy topshiriqlar berilgan edi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, 28-oktabr kuni jamiyatning Qarshi shahridagi binosida ushbu topshiriqlarni joylardagi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri Alisher Sultonov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tizim rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga yetkazib berish prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilish holati tahlil etildi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Unga ko‘ra, rejada belgilangan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Narziyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ushbu lavozimga Uglevodorodlarni qazib chiqarish departamenti boshlig‘i R.Sherov tayinlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Mustafoyev hamda Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i O.O‘rinboyev ishdagi kamchiliklari sabab qat’iy ogohlantirish oldi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i K.Amonovga ushbu lavozimga yaqinda tayinlanganligi sabab yil yakuniga qadar qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish talabi qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют