» » Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasida islohotlar amalga oshirilishi sust kechayotganini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasida islohotlar amalga oshirilishi sust kechayotganini tanqid qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” jamiyati rahbariyatiga geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, investitsiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb qilish, davlat va investorlar manfaatini himoya qilishni ta’minlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, 2017–2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi.

Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” jamiyati boshqaruv tizimi murakkab va ko‘p pog‘onali bo‘lgani sababli sohada islohotlar amalga oshirilishi sust kechayotgani tanqid qilindi.

Boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” jamiyatining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, tarmoqqa oid bo‘lmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Xususan, takrorlanuvchi funksiyalarni bajaruvchi boshqaruv bo‘g‘inlarini qisqartirish, tarmoqdagi servis korxonalarini hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarga berish kerakligi ta’kidlandi.

Sohadagi to‘rtta ilmiy-tadqiqot, izlanish va loyihalashtirish institutlari negizida milliy neft-gaz ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etib, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha innovatsion yechimlar topish va tatbiq etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют