» » Inson huquqlari bo‘yicha Iroq oliy komissiyasi Karbalodagi namoyishlarda halok bo‘lganlar sonini e’lon qildi

Inson huquqlari bo‘yicha Iroq oliy komissiyasi Karbalodagi namoyishlarda halok bo‘lganlar sonini e’lon qildi


Inson huquqlari bo‘yicha Iroq oliy komissiyasi Bag‘doddan 100 kilometr janubdagi Karbalo shahrida bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlarida huquq-tartibot idoralari hamda xalq o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvda 18 nafar odam halok bo‘lgani va 800 ga yaqin odamning turli darajadagi tan jarohatlari olganligini e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Namoyishda ishtirok etayotganlar shaharga hukumat tomonidan yuborilgan ichki ishlar idoralari xodimlarining xalq g‘alayonini bostirish uchun zo‘ravonlik qilgani, haddan ortiq darajada kuch ishlatgani va o‘qotar qurollardan foydalanganlikda ayblagan. Norozilik ishtirokchilari ijtimoiy tarmoqlarga huquq-tartibot idoralari xodimlarining kuch ishlatganlari haqidagi videolarini joylashtirgan. Tasvirlarda o‘nlab odamlarning politsiya xodimlari o‘qlaridan yashirinayotgani aks etgan. Shuningdek, videolarning birida politsiya mashinasining odamlar ustiga bostirib borayotganligi yaqqol ko‘rinadi.

Mavzuga doir: Iroq shaharlarida talabalarning norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishda halok bo‘lganlar soni 74 nafarga yetdi

Karbalo shahri politsiyasi rahbariyati bayonotida esa norozilik bildirayotgan odamlarga nisbatan kuch ishlatilmaganligi va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar haqiqatga zid ekanligi bildirilgan. Shahardagi kuchishlatar tizim tuzilmalari ommaviy axborot vositalariga xabar tarqatishdan avval uni yaxshilab tekshirishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi namoyishlar vaqtida 112 nafar odamning turli tan jarohatlari olganini ma’lum qilgan. Sky News Arabia nashri esa hukumatdagi o‘z manbalariga asoslanib yuziga niqob taqqan odam norozilik ishtirokchilariga o‘q uzib 13 nafar iroqlikni o‘ldirgani haqida xabar berdi.

Iroqning bir nechta viloyatida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari 1-oktabrda boshlangan. Odamlar Bag‘dodda, mamlakatning janubiy va shimoliy viloyatlarida hukumat iste’fosini talab qilmoqda. Ammo dastlab tinchlik bilan boshlangan mitinglar tezda xalq bilan politsiyachilar va harbiylar o‘rtasidagi keskin to‘qnashuvlarga ulanib ketgan. Namoyishlarda 157 nafar odam: 149 nafar fuqaro va 8 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari halok bo‘lgan, qariyb 3,5 ming odam turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Mavzuga doir: Iroqda qayta boshlangan norozilik namoyishlarida 63 nafar odam halok bo‘ldi

Ma’lum vaqt davom etgan tanaffusdan keyin namoyishlar yana qayta boshlangan va mamlakatning boshqa viloyatlaridagi xalq ham hukumat iste’fosini talab qilib chiqqan. Hukumatga qarshi namoyishlarda bir nechta davlat muassasalarining binolari va siyosiy partiyalarning ofislari yoqib yuborilgan. Norozilik harakatlari sabab Bag‘dod shahrida yarim tundan tonggi soat oltiga qadar davom etuvchi “komendantlik soati” e’lon qilingan. Qayta boshlangan namoyishlarda halok bo‘lganlarning 74 nafarga yetgani xabar qilingandi, 29-oktabr holatiga ko‘ra ularning soni 80 nafardan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют