Bojxona qo‘mitasi o‘tkazgan tezkor tadbirda 39 480 dona “Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Tramadol” dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Tezkor tadbir davomida Keles shahri markaziy stadioni yaqinida turgan Matiz rusumli transport vositasi yoniga tezkor guruh xodimlari yaqinlashganida haydovchi ularni payqab qolib, avtomashinasidagi qutini yerga uloqtirib, qochishga urinadi.
Tadbir davom ettirilib, haydovchi to‘xtatildi. Aniqlanishicha, fuqaro X.Sh. uloqtirgan qutida jami 39 480 dona “Tramadol lannaxer” dori vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar qatoriga yangi dori vositalari qo‘shilishi munosabati bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi
“Tramadol”ni Qozog‘istondan O‘zbekistonga dron orqali o‘tkazishga urinish holati qayd etildi
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
