» » La Liga. “Barselona”da yirik g‘alaba, “Atletiko” esa ochko yo‘qotdi

La Liga. “Barselona”da yirik g‘alaba, “Atletiko” esa ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida 29-oktabr, seshanba kuni 2 ta bahs yakunlandi.

Diyego Simeone boshchiligidagi Madridning “Atletiko” jamoasi safarda “Alaves” bilan bellashdi.

O‘yinning 70-daqiqasida “matraschilar” hujumchisi Alvaro Morata hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqaga kelib mezbon jamoa a’zosi Lukas Peres hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Atketiko” 20 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Alaves” esa 12 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da “Valyadolid”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “ko‘k-anorranglilar”ning gollariga Kleman Langle (2), Arturo Vidal (29), Lionel Messi (34, 75) hamda Luis Suares (77) mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlardan Kiko Olivas (15) ham o‘z hisobiga bitta golni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Natijada Kataloniya klubi o‘z uyida “Valyadolid”ni yirik 5:1 hisobida mag‘lub etdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Barselona”ning ochkolari soni 22 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida yetkachilik qilmoqda. “Valyadolid” esa 14 ochko to‘plab 9-pog‘onani band qilib turibdi.

La Liga

11-tur bahslari

29-oktabr, seshanba

Gollar: 0:1 — 70 Morata, 1:1 — 83 Lukas Peres

Gollar: 1:0 — 2 Langle, 1:1 — 15 Olivas, 2:1 — 29 Vidal, 3:1 — 34 Messi, 4:1 — 75 Messi, 5:1 — 77 Suares

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 05:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют