» » Yaponiya imperatori va uning ayoli saroydan tashqarida amalga oshirgan rejalashtirilmagan sayri bilan xalqni ajablantirdi

Yaponiya imperatori va uning ayoli saroydan tashqarida amalga oshirgan rejalashtirilmagan sayri bilan xalqni ajablantirdi


Yaponiya imperatori Akixito va uning turmush o‘rtog‘i Mitiko Tokio markazida joylashgan saroyni bir qancha muddatga tark etib, gullagan sakuradan bahra olish uchun saroy tashqarisida rejalashtirilmagan sayohatni amalga oshirdi, deb xabar beradi “TASS”.

Imperator va uning ayoli ushbu qaror bilan ko‘pchilikni hayron qoldirib, yo‘lda uchraganlarni xursand qildi.

Imperatorlik oilasi saroydan tonggi 7:30 da Imperator saroyi ishlari boshqarmasining bir necha qo‘riqchisi kuzatuvi ostida Kitaxanebasi shimoliy darvozalari orqali chiqib ketdi. Ular 10 daqiqa davomida qo‘l ushlashib, nozik gullardan zavq olib, aylandi.

Juftlik qisqa muddat ichida o‘tayotgan kishilarning, saroyni doimiy ravishda qo‘riqlab turuvchi muxbirlar va Tokio markazida tongda yugurish ishqibozlarining e’tiborini jalb etdi. Ulardan bir nechasi imperatorlik oilasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Sayr yakunida Akixito aholiga yuzlanib, kichik nutq so‘zladi va barcha bilan xayrlashib, o‘z saroyiga kirib ketdi.

Ta’kidlash joiz, ertalabki sayr Akixito va Mitikoning har kunlik an’anasi hisoblansa-da, odatda, ushbu an’ana saroy hududida amalga oshiriladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют