» » O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlari kishi boshiga salkam 4 dollardan tushadi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlari kishi boshiga salkam 4 dollardan tushadi


O‘zbekistonda 2022-yilda o‘tkazilishi kutilayotgan aholini ro‘yxatga olish jarayoni uchun 1,26 trillion so‘m mablag‘ talab etiladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi raisi Bahodir Begalov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi (2017-yilda jarayon 2020-yilda tashkil etilishi mumkinligi aytilgandi). Ushbu jarayon, jumladan, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga taalluqli xalqaro va hududiy tavsiyalarni inobatga olgan holda o‘tkaziladi.

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olishni an’anaviy qog‘oz usulida o‘tkazish uchun 1,26 trillion so‘m talab etiladi. Bu kishi boshiga 35,4 ming so‘m (joriy kurs bo‘yicha taxminan 3,7 dollar)dan to‘g‘ri keladi, degani. Aholini ro‘yxatga olish ishlariga 150 ming kishi jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Qobiljon Berdiqulov aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etilgan fuqarolar bilan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan tartibda shartnoma tuzilishi, bunda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qilgan edi. “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan aprel oyida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston hududida aholini ro‘yxatga olish ishlari ilk bor XIX asr oxirida — 1897-yilda amalga oshirilgan, o‘sha vaqtda aholi soni 3,9 million bo‘lgan. So‘nggi bor bunday jarayon 1989-yilda o‘tkazilgan, bu esa, Prezident farmonida ta’kidlanganidek, “aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin ta’sir ko‘rsatgan o‘zgarishlar, aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют