» » Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ va Ekoparkka chet elliklar millionlab dollar investitsiya kiritadi

Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ va Ekoparkka chet elliklar millionlab dollar investitsiya kiritadi


Toshkentdagi to‘rtta madaniyat va istirohat bog‘iga jami 20 million dollar miqdorida investitsiya kiritish bo‘yicha tender hujjatlari tayyorlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vaziri Kamola Oqilova ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi qarorida davlat-xususiy sheriklik asosida berilishi mumkin bo‘lgan 37 ta madaniyat va istirohat bog‘i ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, hozir ulardan 15 tasini tadbirkorlarga berish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Xususan, Toshkentning Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘, Yakkasaroy tumanidagi “Do‘stlik” bog‘i, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ekoparkda amalga oshirish uchun taqdim etilgan loyihalarga doir 20 million dollar investitsiya kiritish bo‘yicha tender hujjatlari tayyorlanmoqda.

Mahalliy tadbirkorlar tomonidan 11 ta bog‘da jami 36,2 milliard so‘mlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Madaniyat vazirligiga vazirligiga takliflar kiritilgan. Xususan, Andijonda 2 ta (7,2 milliard so‘m), Surxondaryoda bitta (4,7 milliard so‘m), Samarqandda 2 ta (6 million dollar), Farg‘onada 6 ta (18,3 milliard so‘m) loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Toshkent shahar hokimligi Abdulla Qodiriy bog‘ida yaponiyalik investorlar bilan hamkorlikda besh qavatli mehmonxona majmuasi qurish bo‘yicha kelishuvga erishgani ma’lum bo‘lgandi. Loyihaning birinchi bosqichdagi qiymati 13 million dollarga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют