» » Bojxonachilar 6,1 mlrd so‘mlik matolar belgilanmagan joyda saqlanayotganini aniqladi

Bojxonachilar 6,1 mlrd so‘mlik matolar belgilanmagan joyda saqlanayotganini aniqladi


Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonun buzilishi holatlariga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan joyda saqlanayotgan matolar aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Toshkentda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan, bo‘yalgan matolar tovari deklaratsiyada ko‘rsatilgan omborga emas, boshqa omborda saqlangan. Shu sababli bojxonachilar belgilangan tartibda bojxona nazoratini o‘tkazgan.

Tekshiruv davomida konteynerlardagi tovarlardan namunalar olinib, Bojxona ekspertizasi va TIF TNni yuritish boshqarmasiga holatga oydinlik kiritish uchun jo‘natilgan.

Ekspertiza xulosalariga binoan, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilganidek bo‘yalgan matolar tovari emas, balki sinel matolar saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda umumiy qiymati 6,1 milliard so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxonachilar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют