» » Buxorodagi MChJga yuborilgan konteynerlardan sintetik ip o‘rniga 5 mlrd so‘mlik LG televizorlari chiqdi

Buxorodagi MChJga yuborilgan konteynerlardan sintetik ip o‘rniga 5 mlrd so‘mlik LG televizorlari chiqdi


Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdorda televizorlarni yashirin tarzda olib kirilayotgani fosh etildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biri nomiga jo‘natilgan yuk konteynerlarida hujjatlarga ko‘ra qiymati 5422 AQSh dollariga teng bo‘lgan “Sintetik ip” tovarlari bo‘lishi kerak edi.

Biroq konteynerlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda unda hujjatlarda ko‘rsatilmagan, qiymati 5 milliard so‘mlik jami 1206 dona LG rusumli televizor mavjudligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют