» » O‘zbekistonda bolalar ishtirokidagi YTHlar 10,7 foizga, piyodalar ishtirokidagilari esa 23,6 foizga kamaydi

O‘zbekistonda bolalar ishtirokidagi YTHlar 10,7 foizga, piyodalar ishtirokidagilari esa 23,6 foizga kamaydi


O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar—sentabrida bolalar ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari soni 2018-yilning hisobot davriga nisbatan 10,7 foizga — 981 tadan 876 taga kamaydi.

IIV Axborot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, 2019-yilning dastlabki to‘qqiz oyida davomida yuz bergan YTHlarning 4567 tasida haydovchilar aybdor bo‘lgan, 91 holatda haydovchilar mast bo‘lgan.

Taqqoslash uchun, 2018-yilning dastlabki to‘qqiz oyida haydovchilar aybi bilan 5594 ta avariya yuz bergan (2019 yilgidan 18,4 foizga ko‘p), 135 holatda haydovchilar mast bo‘lgan (2019-yilga nisbatan 32,6 foizga ko‘p).

Qo‘shimcha qilishlaricha, 2019-yilda piyodalar ishtirokida YTHlar soni 23,6 foizga qisqargan — 2018-yilning ilk to‘qqiz oyida piyodalar ishtirokida 3332 ta avariya qayd etilgan bo‘lsa, 2019-yil yanvar—sentabrida 2544 tani tashkil etgan.

Avvalroq 2019-yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida O‘zbekiston bo‘yicha 5207 ta YTH yuz bergani, oqibatda 1396 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют