» » Farg‘onada fuqarolarning 400 ga yaqin murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularning 85 foizi joyida hal etildi

Farg‘onada fuqarolarning 400 ga yaqin murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularning 85 foizi joyida hal etildi


31-mart  va 1-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi a’zolari Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlarida hamda Rishton tumanida Farg‘ona viloyati aholisi bilan ochiq muloqot tarzida sayyor qabullar o‘tkazdi.

Sayyor qabullarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Ulug‘bek Sunnatov, Oliy sud raisi o‘rinbosari Fayzulla Abduazimov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Mirzayev, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Saidmurod Saydaliyev hamda viloyatning  tuman va shaharlar hokimliklari, prokuratura, ichki ishlar, sud organlari rahbarlari, boshqa tegishli boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib Farg‘ona viloyati aholisidan Prezidentning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 62 mingga yaqin murojaat va arizalar kelib tushgan bo‘lib, ularning 57 mingga yaqiniga tegishli javoblar berilgan va qanoatlantirilgan, 3,7 mingdan ziyodi o‘rganish va hal etish jarayonida.

Xususan, tumanlar kesimida vaziyat quyidagichadir: Oltiariq tumani – 4992, Bog‘dod tumani – 1734, Beshariq tumani – 1368,  Buvayda tumani – 1347, Dang‘ara tumani –1621, Quva tumani – 4373, Qo‘shtepa tumani – 1736, Rishton tumani – 1958, So‘x tumani – 576, Toshloq tumani – 2125, O‘zbekiston tumani – 2373, Uchko‘prik tumani – 2058, Farg‘ona tumani – 3515, Furqat tumani – 1083, Yozyovon tumani – 1134, Qo‘qon shahri – 8931, Quvasoy shahri  – 2257, Marg‘ilon shahri – 6002, Farg‘ona shahri – 12735.

Murojaatlarning aksariyat qismini uy-joy olish, uy-joy qurish uchun yer ajratish, uy-joylarning ta’mirlashga muhtojligi, sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlarning ko‘rilishi hamda sud qarorlarining ijrosi, bank-moliya masalalari, moddiy yordam, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish, mehnat va bandlik, fuqarolik, pasport olish va propiska masalalari bo‘yicha kelib tushmoqda.

Farg‘ona viloyatiga uyushtirilgan mazkur sayyor qabullarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan fuqarolarning turli mazmundagi 400 ga yaqin murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularning 85 foiziga yaqini joyida hal etildi.

Misol uchun, Rishton viloyatida istiqomat qiluvchi S.Razikova ko‘krak bezi saratoniga chalinganligini  ma’lum qilib, qimmatbaho dori-darmon vositalarini xarid qilishda moddiy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat etdi. Ushbu masalani tezkorlik bilan hal etish Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillariga topshirildi.

Qo‘qon shahrida yashovchi X.Sharapova nabirasi S.Mamajonova Rossiyaning Kazan shahrida joylashgan tibbiyot oliygohida ta’lim olishini ma’lum qilib, uning tahsilini Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga ko‘chirishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi. Mazkur masalani o‘rganish va ijobiy hal etish tegishli vazirliklar xodimlariga topshirildi.

Sayyor qabullar yakunida ko‘rib chiqilgan barcha murojaatlar bo‘yicha viloyat, shahar va tuman darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют