WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » O‘zbekistonda elektrontexnika mahsulotlarining eksporti hajmi oshirilishi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda elektrontexnika mahsulotlarining eksporti hajmi oshirilishi ma’lum qilindi
Hukumat qarori bilan 2019—2022-yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Mazkur dasturda elektrontexnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar ishlab chiqarish hajmini, eksport hajmini hamda elektrotexnika sanoatida mis xomashyosini qayta ishlash hajmlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Shuningdek, qaror bilan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni 2,7 baravarga, eksportini 4,3 baravarga va misni qayta ishlashni 5 baravarga ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?