» » Odil Ahmedovning “Shanxay SIPG” klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Odil Ahmedovning “Shanxay SIPG” klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori to‘p suradigan “Shanxay SIPG” Xitoy Super ligasining 3-turida mag‘lub bo‘ldi.

Mamlakatning amaldagi chempioni bilan o‘yin uchun Guanjouga tashrif buyurgan shanxayliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Odil Ahmedov mazkur bellashuv qaydnomasiga kiritilmadi.

Har ikki jamoaning urilgan gollarida legioner futbolchilarning xizmati mavjud. Mezbonlardan Gulart birinchi golga pas berdi va uchinchi golni urdi. Ikkinchi gol Alan hisobiga yozildi. Mehmonlardan esa Xalk 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Elkesenda 1 ta gol, Oskarda 1 ta golli pas bor.

Yegor Krimets Xitoy chempionatining 3-turida ham qaydnomaga kirmadi. Uning jamoasi jahonning eng serdaromad futbolchisi Karlos Teves to‘p suradigan “Shanxay Shenxua”ni taslim qildi. Yaqindagina uy stadioni yonib ketgan shanxayliklar safida Guarin ham, Teves ham hech narsa qila olmadi.

Va nihoyat Anzur Ismoilov ham Super liganing bu turida murabbiylar e’tiboridan chetda qoldi. Uning jamoadoshlari Feliks Magat murabbiylik qilayotgan “Shandong Luneng” oldida ojiz qoldi. Bellashuvda Papiss Sissening dubli barcha masalani hal qildi.

Xitoy Super ligasi
3-tur o‘yinlari
1-aprel, shanba

Gollar: Yu Xanchao, 12 (1:0). Alan, 24 (2:0). Elkesen, 53 (2:1). Halk, 70 (2:2). Rikardo Gulart, 80-pen (3:2).

Gollar: Burak Yilmaz, 37 (1:0). Tsao Yunding, 40 (1:1). Burak Yilmaz, 87 (2:1).

Gollar: Papiss Sisse, 59 (0:1). Papiss Sisse, 81 (0:2).

Опубликовано: admin (3-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют