» » O‘zbekiston — Qirg‘iziston uchrashuvi TV orqali namoyish etilmasligi mumkin. Buni Vadim Abramov xohlamoqda

O‘zbekiston — Qirg‘iziston uchrashuvi TV orqali namoyish etilmasligi mumkin. Buni Vadim Abramov xohlamoqda


O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni va Falastin bilan bahs olib boradi. Mazkur o‘yinlar oldidan 9-noyabr kuni Toshkentda Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish reja qilingan.

Sport-TV telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalovning xabar qilishicha, “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yini televideniye orqali namoyish etilmaydi.

“Bu Vadim Abramovning istagi. U Saudiya Arabistoni vakillari O‘zbekiston terma jamoasini o‘rganib olishini xohlamayapti. O‘rtoqlik bahsida uning o‘z o‘ylanmalari bordirki, shunday qarorga kelgan”, — deydi Akmalovga yaqin manba.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют