» » Atambayev: Hokimiyatning yuqori saflarida korrupsiyaga qarshi haqiqiy tozalash boshlandi

Atambayev: Hokimiyatning yuqori saflarida korrupsiyaga qarshi haqiqiy tozalash boshlandi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Milliy kengashning barqaror taraqqiyot bo‘yicha majlisida hokimiyatning yuqori saflarida korrupsiyaga qarshi haqiqiy tozalash boshlanganligini ma’lum qildi, deb yozadi “KNews”.

U yetti mingta korrupsiya ishi qo‘zg‘atilganligini ta’kidladi. Ulardan 500 tasi oliy martabali mansabdorlar, ba’zilari esa eng yirik mansabdorlar o‘nligiga kiradi.

Xalq o‘zgardi va endi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Huquqni muhofaza qilish organlarida katta islohot boshlandi. Ularning vazifasi oddiy fuqarolar va biznesni himoya qilishdir. Avval biznesni hamma tekshirishi mumkin edi, endi esa ularni faqat Davlat soliq xizmati va moliyaviy politsiya tekshirishi mumkin. Biroq ular qisqara borishi lozim.

Almazbek Atambayev, Qirg‘iziston prezidenti

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют