» » O‘zbekiston—Qirg‘iziston uchrashuvini Sport-TV translyatsiya qiladi. Vadim Abramov esa buni xohlamagan edi

O‘zbekiston—Qirg‘iziston uchrashuvini Sport-TV translyatsiya qiladi. Vadim Abramov esa buni xohlamagan edi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlari doirasida 9-noyabr, shanba kuni Toshkentda Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

MTRKning Sport-TV telelekanali mazkur bellashuvni jonli efirda namoyish etadigan bo‘ldi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:00 da boshlanadi. O‘yinga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladi.

Qayd etish joiz, avvalroq mazkur o‘yin televideniye orqali jonli efirda ko‘rsatilmasligi va buni terma jamoa ustozi Vadim Abramov xohlayotgani haqida xabar berilgandi.

Abramov bu uning tashabbusi ekanligini aytib, quyidagicha izoh bergandi:

“Saudiya Arabistoni biz ularga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rayotganimizni tomosha qilishi shart emas. Qanday tayyorgarlik ko‘rayotganimiz raqibga o‘ziga xos syurpriz bo‘la qolsin. O‘yin ochiq bo‘ladi. Yaxshisi, muxlislar stadionga kelib futbol tomosha qilsin. O‘zbekiston terma jamoasini stadiondan turib qo‘llab-quvvatlasin”.

Mavzuga doir: Vadim Abramov O‘zbekiston—Qirg‘iziston uchrashuvi TVda olib berilmasligi haqidagi xabardan so‘ng: “Menga har xil qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi”

Mazkur gap-so‘zlardan bir kun o‘tib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosiga bag‘ishlangan tadbirda Vadim Abramov televideniye istasa, O‘zbekiston—Qirg‘iziston bellashuvini namoyish etaverishni bayon qilgan.

Bu masalani ko‘rib chiqayotganda viloyatlardagi muxlislarni inobatga olmagan ekanmiz. Menga har xil qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi: ‘Saudiya Arabistonidan shunchalik qo‘rqyapsizmi?’ degan ohangda. Yo‘q, biz hech kimdan qo‘rqmaymiz. Agar Sport-TV telekanali o‘yinni olib ko‘rsatishni istasa, marhamat, namoyish qilaversin. Bunga qarshiligimiz yo‘q. Aytgancha, bizga translyatsiya uchun pul berilmaydi.

Vadim Abramov, O‘zbekiston terma jamoasi ustozi

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashining ikkinchi bosqichi doirasida 14-noyabr kuni Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi, 19-noyabr kuni esa Falastinga qarshi bahs olib boradi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют