» » O‘zbekiston “Qizil kitob”ining yangi nashri mablag‘ kamligi sabab 1000 nusxada chop etiladi

O‘zbekiston “Qizil kitob”ining yangi nashri mablag‘ kamligi sabab 1000 nusxada chop etiladi


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari tadqiqotlari asosida O‘zbekiston “Qizil kitobi”ning yangi nashri chop etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, akademik Baxtiyor Ibragimov va boshqalar “Qizil kitob”ni yuritishda, respublikada yo‘qolib borayotgan kamyob, noyob o‘simlik turlarini saqlab qolish uchun muhim muammolarni hal qilishda Botanika instituti olimlari tadqiqotlarining roli muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, Baxtiyor Ibragimov “Qizil kitob”ning yangi nashri bor yo‘g‘i 1000 nusxada chop etilayotganini, bunga mablag‘ kamligi sabab bo‘layotganini bildirgan.

Zoologiya instituti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida “Qizil kitob”ning navbatdagi soniga kiritiladigan va undan chiqariladigan turlar to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar yig‘ildi, ushbu ma’lumotlarni tahlil etish bilan bir vaqtda rasmiy nashrlarga kiritish uchun har bir turlar bo‘yicha suratli ilmiy maqolalar tayyorlandi. Shuningdek, bu davr ichida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi“ning hayvonot dunyosiga oid ikkinchi qismi nashrga tayyor holatga keltirildi.

Jaloliddin Azimov, Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining bosh ilmiy xodimi

2019-yilning oxirigacha chop etilishi rejalashtirilayotgan yangi tahrirdagi “Qizil kitob“ga amaldagi “Qizil kitob” ro‘yxatidan 8 ta tur chiqarilgan holda 15 tur kiritilgan. Ushbu yangi nashr umumiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan, yo‘qolib ketish arafasida turgan kamyob 314 o‘simlik turlarini o‘z ichiga olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют