» » Toshkentda Xalqaro yovvoyi piyozlar bog‘i (Toshkent markazi) ochiladi

Toshkentda Xalqaro yovvoyi piyozlar bog‘i (Toshkent markazi) ochiladi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Xitoy Fanlar akademiyasi Kunming instituti hamkorlikda joriy yilning 30-aprel kuni Toshkent Botanika bog‘i hududida Global Allium Garden Tashkent Center 2019-yil mavsumining ochilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Tadbirga O‘zbekistondagi soha mutaxassislari bilan birgalikda Xitoyning Kunming instituti professorlari Sun Xang va Tao Denglarning kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FA Botanika instituti direktori Komiljon Tojiboyev “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tashabbuskori Xitoy hisoblangan “Bir kamar – bir yo‘l” loyihasi asosida tashkil etilayotgan ushbu Toshkent markazi Global Allium Garden dasturi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Xalqaro yovvoyi piyozlar bog‘i Toshkent markazida O‘zbekiston va yondosh mintaqalardan tashqari Eron, O‘rtayer dengizi hududlaridan yig‘ilgan yovvoyi piyozlarning 100 dan ortiq turi to‘plangan.

Noyob yovvoyi piyoz turlari o‘sish va kelib chiqish ko‘rsatkichiga ko‘ra O‘zbekiston dunyodagi sanoqli davlatlardan biri hisobladi. Hozirda mamlakatda mana shunday noyob yovvoyi piyoz turlarining 137 turi o‘sadi, ularning 14 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ochilishi rejalashtirilgan markaz mana shunday yovvoyi piyoz turlarini ilmiy asosda tadqiq etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют