» » Xitoy Xalq Respublikasi o‘zbek olimini “Do‘stlik” mukofoti bilan taqdirladi

Xitoy Xalq Respublikasi o‘zbek olimini “Do‘stlik” mukofoti bilan taqdirladi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori Shomansur Sagdullayev Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan “Do‘stlik” mukofoti bilan taqdirlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston fanlar akademiyasi matbuot xizmati.

“Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining Shinjon fizika-texnika Instituti taklifiga binoan Toshkent shahrida Xitoyning xalq tabobati markazini tashkil etishga yordam berish, ikki mamlakat Fanlar akademiyalari o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash, yangi dori-darmonlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik, Xitoy Xalq Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori Shomansur Sagdullayev ‘Do‘stlik’ mukofoti bilan taqdirlandi. Shomansur Sagdullayevni ushbu mukofot bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga rivoj tilab qolamiz”,— deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют