» » APL. “Arsenal” “Lester”ga yutqazib qo‘ydi (video)

APL. “Arsenal” “Lester”ga yutqazib qo‘ydi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 12-turidan o‘rin olgan bahsda “Lester” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi.

68-daqiqada Yuri Tilemansning uzatmasini Jeymi Vardi golga aylantirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib Vardining uzatmasini Jeyms Meddison kuchli zarb bilan Bernd Leno darvozasiga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa “Lester” Unai Emeri jamoasini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Brendan Rojers jamoasi so‘ng ochkolarini 26 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Arsenal” esa 17 ochko bilan 6-o‘rinni band qilib turibdi.

APL

12-tur bahsi

9-noyabr, shanba

Gollar: 1:0 — 68 Vardi, 2:0 — 75 Meddison.

“Lester” — Shmeyxel, Chiluell, Evans, Rikardu Pereyra, Seyunjyu, Meddison, Ndidi, Tilemans, Barns (Prat, 74), Peres (Grey, 60), Vardi.

“Arsenal” — Leno, Belyerin, Holding (Pepe, 77), Luiz, Chembers, Torreyra (Uillok, 80), Genduzi, Ozil, Kolashinats, Obameyang, Lyakazett.

Ogohlantirishlar: Evans (55), Belyerin (88).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2019, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 34) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют