» » APL. “Lester” safarda “avliyolar” darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi (video)

APL. “Lester” safarda “avliyolar” darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 10-turidan o‘rin olgan ilk bahsda “Sauthempton” o‘z maydonida “Lester” bilan bellashdi.

Brendan Rojers shogirdlari safarda o‘ynashiga qaramay “avliyolar” darvozasini naq to‘qqiz marta ishg‘ol qildi. “Tulkilar” safida Jeymi Vardi hamda Ayoze Peres het-trik qayd etgan bo‘lsa, Ben Chiluell, Yuri Tilemans hamda Jeyms Meddison bittadan gol urishga erishdi. Qayd etish joiz, 12-daqiqadan boshlab “Sauthempton” bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Boisi jamoa sardori Rayan Bertran hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatildi.

Natijada “Lester” APL tarixida safardagi eng yirik g‘alabaga erishib, yangi rekord o‘rnatdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Rojers jamoasi 20 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL

10-tur bahsi

25-oktabr, juma

Gollar: 0:1 – 10 Chiluell, 0:2 – 17 Tilemans, 0:3 – 19 Peres, 0:4 – 39 Peres, 0:5 – 45 Vardi, 0:6 – 57 Peres, 0:7 – 58 Vardi, 0:8 – 85 Meddison, 0:9 – 90, penalti Vardi.

“Sauthempton” – Gann, Bednarek, Yosida, Vestergor (Danzo, 46), Valeri (Armstrong, 70), Uord-Prouz, Romeu, Hyoyberg, Bertran, Ingz (Stivens, 46), Redmond.

“Lester” – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, Seyundjyu, Chiluell, Ndidi, Peres (Grey, 74), Tilemans, Meddison, Barns (Olbrayton, 72), Vardi.

Chetlatish: Bertran (12).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют