» » “Lester” Ranyeridan keyingi ilk o‘yinida “Liverpul” ustidan zafar quchdi va 2017-yil hisobidan birinchi bor gol urdi

“Lester” Ranyeridan keyingi ilk o‘yinida “Liverpul” ustidan zafar quchdi va 2017-yil hisobidan birinchi bor gol urdi


APL 26-turidan o‘rin olgan bellashuvda “Lester” Klaudio Ranyeri ishdan ketganidan buyon birinchi o‘yinida maydonga tushdi va chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Liverpul” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvda Jeymi Vardi dubl qayd etgan bo‘lsa, Denni Drinkuoter 1 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Yurgen Klopp jamoasini yirik mag‘lubiyatdan Filippe Koutinyo qutqarib qoldi.

“Lester” 2017-yil hisobidan APLda gol urib ulgurmagandi. Bungacha klub “Midlsbro” (0:0), “Chelsi” (0:3), “Sautgempton” (0:3), “Byornli” (0:1), “Manchester Yunayted” (0:3), “Suonsi” (0:2) kabi klublar bilan to‘qnash kelib, gol urishni eplay olmagandi. Ranyeri ketishi bilan esa “Lester” nafaqat gol urishni boshladi, balki yetakchi klubni mag‘lubiyatga uchratdi.

Mazkur g‘alaba “Lester”ni xavfli zonadan biroz uzoqlashtirdi. Shuningdek, “Manchester Yunayted”ga uzoq tanaffusdan so‘ng 5-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini yaratdi.

Angliya Premyer-ligasi
26-tur
27-fevral, dushanba

Gollar: Jeymi Vardi, 28 (1:0). Denni Drinkuoter, 39 (2:0). Jeymi Vardi, 60 (3:0). Filippe Koutinyo, 68 (3:1).

Опубликовано: admin (28-02-2017, 07:05)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют