» » Jeymi Vardi va Gari Keyxill Angliya terma jamoasidan ketdi

Jeymi Vardi va Gari Keyxill Angliya terma jamoasidan ketdi


“Chelsi” himoyachisi Gari Keyxill hamda “Lester” klubi hujumchisi Jeymi Vardi Angliya terma jamoasidan ketganini ma’lum qildi.

Ikkala futbolchi ham o‘z qarorlarini jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeytga yetkazgan. Vardi va Keyxill jamoadan ketishini, yoshlarga imkoniyat berish vaqti yetgani bilan izohlagan.

Ammo ikkala futbolchi agarda milliy terma jamoa qandaydir muammolarga duch kelsa, har qanday holatda unga qaytib yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Keyxil terma jamoa safida 2010-yilda birinchi uchrashuvini o‘tkazgan. U shu vaqtga qadar 61 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol urishga erishgan.

Vardi esa 2015-yilda Irlandiyaga qarshi bahsda debyut qilgan. Jeymi 26 o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urishning uddasidan chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют