» » Jeymi Vardi “Lester”ni, Olivye Jiru “Chelsi”ni Angliya Kubogining keyingi bosqichiga olib chiqdi

Jeymi Vardi “Lester”ni, Olivye Jiru “Chelsi”ni Angliya Kubogining keyingi bosqichiga olib chiqdi


Kecha — 17-fevral oqshomida futbol bo‘yicha Angliya Kubogining chorak finali yo‘lida 2 ta to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi va har ikkisida ham “ko‘klar” zafar quchdi.

“Lester” quyi liga vakili bo‘lgan “Sheffild Yunayted” ustidan zafar quchib, chorak final chiptasiga ega chiqdi. Shu kuni “tulkilar” safida ikki yetakchi o‘zini ko‘rsatdi. Riyod Mahrez golli pas uzatgan bo‘lsa, Jeymi Vardi undan aniq foydalanishga erishdi.

Londonning “Chelsi” klubi esa yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yangi xarid qilingan Olivye Jiru shu kuni “Chelsi” safidagi debyut golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, fransiyalik futbolchi 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi, har ikkisidan ham Villian unumli foydalandi. Jiru bilan bir vaqtda tanishtirilgan himoyachi Emerson aynan fransiyalik hujumchi tomonidan urilgan golga assistentlik qilgani e’tiborga molik.

Kelayotgan hafta “Chelsi”ni Chempionlar Ligasida “Barselona”ga qarshi jiddiy uchrashuv kutib turibdi.

Angliya Kubogi

1/8 final

16-fevral, juma

Gollar: Villian, 2 (1:0). Pedro, 27 (2:0). Villian, 32 (3:0). Olivye Jiru, 42 (4:0).

Gol: Jeymi Vardi, 66 (1:0).

17-fevral, shanba

“Sheffild Uensdey” — “Suonsi”

“Vest Bromvich” — “Sautgempton”

“Brayton” — “Koventri”

“Xaddersfild” — “Manchester Yunayted”

18-fevral, yakshanba

“Rochdeyl” — “Tottenhem”

19-fevral, dushanba

“Uigan” — “Manchester Siti”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют