» » Vardi hamda Mahrezning noaniq penaltisi sabab “Siti” Liga Kubogining yarim finaliga yo‘l oldi

Vardi hamda Mahrezning noaniq penaltisi sabab “Siti” Liga Kubogining yarim finaliga yo‘l oldi


Angliya Liga Kubogining yarim finaliga yo‘llanma olgan ikki klub nomi ma’lum bo‘ldi — “Arsenal” hamda “Manchester Siti”.

Arsen Venger boshqaruvidagi “Arsenal” London derbisida “Vest Hem” ustidan zafar quchdi. Devid Moyes boshqaruvida o‘ziga kelayotgan “Vest Hem” futbolchilari o‘tkazib yuborilgan golga javob qaytara olmadi.

6 kun avval mazkur ikki klub APLda o‘zaro duch kelganida, bellashuvda hisob ochilmagandi — 0:0. Qayd etish kerak, “Vest Hem” o‘tgan bosqichda “Tottenhem” ustidan 3:2 hisobidagi irodali g‘alabaga erishib, niyati jiddiy ekanini ko‘rsatgandi.

Yarim finalning ikkinchi ishtirokchisi bo‘lgan “Manchester Siti” Klod Pyuel murabbiylik qilayotgan “Lester”dan ustun keldi. “Tulkilar” so‘nggi soniyalardagi penalti sabab o‘yinni qutqarib qolgandi. Jeymi Vardining aniq penaltisi “Siti”ni qo‘shimcha vaqt sari yetakladi.

Biroq penaltilar seriyasida omad “Lester”dan yuz o‘girdi. O‘tgan yil bo‘lgani kabi, penaltilar ABBA usulida tepildi. “Lester” uchun barchasi yaxshi ketayotganida jamoaning eng sara ikki futbolchisi “qovun tushirdi”. Avvaliga Jeymi Vardi, keyin esa Riyod Mahrez noaniq zarba yo‘llab, “Siti”ga yordam berib yubordi.

Chorak finaldan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bugun — 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Qayd etish kerak, “Lester” o‘tgan bosqichda Liga Kubogi uchun da’vogar bo‘lgan “Liverpul” ustidan 2:0 hisobida zafar quchib, Klopp shogirdlarini turnirdan chiqarib yuborgandi.

Angliya Liga Kubogi

1/4 final o‘yinlari

19-dekabr, seshanba

Gol: Denni Uelbek, 42 (1:0).

Gollar: Bernardu Silva, 26 (0:1). Jeymi Vardi, 97-pen (1:1).

20-dekabr, chorshanba

“Chelsi” — “Bornmut”

“Bristol Siti” — “Manchester Yunayted”

Опубликовано: admin (20-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют