» » Farg‘onada masjid ochishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilib qariyb 60 million so‘mni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Farg‘onada masjid ochishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilib qariyb 60 million so‘mni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida masjid ochib berishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilib firibgarlik yo‘li bilan pul olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, D.R. fuqaro A.R.ga hashar yo‘li bilan obod etilgan “Ko‘k to‘nli ota” nomli masjidni ochilishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 4 500 dollar va 27 million so‘m pullarni olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Yana bir holatda fuqaro D.R. fuqaro M.T.ning farzandini ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 1 000 dollarni olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan D.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют