» » Mo‘ynoqdagi “Quyi Surgil” konidan sutkasiga 1 mln kubometr gaz qazib olishga erishildi

Mo‘ynoqdagi “Quyi Surgil” konidan sutkasiga 1 mln kubometr gaz qazib olishga erishildi


6-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi “Quyi Surgil” konida “O‘zbekneftegaz” AJ “ERIELL Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda qazilgan 15-sonli quduqdan sutkasiga 1 million kubometr gaz qazib olishga erishildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Quduq chuqurligi 3716 metrni tashkil qiladi va u quyi Yura qatlamlariga qadar yetib boradi. “Quyi Surgil” konidagi burg‘ulash ishlari 2017–2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib olish hajmini oshirish dasturi bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Ayni paytda bu quduqda sinov va o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda va ishlarning yakunida sutkalik debit hajmi yanada oshiriladi.

Obyektda faoliyat yurituvchi mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkichlarga erishish jamoaviy hamjihatlik samarasidir.

“Biz o‘z oldimizga aniq maqsadlar qo‘ygandik va ulardan biriga erishildi. Sutkasiga 1 million kubometr gaz qazib olish – katta yutuq”, – deydi ular.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 109) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют