» » DXA davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida bir qator kamchiliklarni aniqladi (video)

DXA davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida bir qator kamchiliklarni aniqladi (video)


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qator kamchiliklarni aniqladi. Bu haqda agentlik tomonidan “Daryo”ga ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 2019-yil 1-yanvardan boshlab sport trenerligi uchun guvohnoma berish soddalashtirilgan tartibda Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilishi belgilangan. Ammo buning uchun mas’ul idoralar tomonidan tegishli choralar ko‘rilmagan, elektron tizimlar Davlat xizmatlari agentligi platformasi bilan integratsiya qilinmagan. Oqibatda, davlat xizmatini ko‘rsatishda elektron tizimdan foydalanilmaganligi hamda fuqarolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazining mas’ul xodimi ma’muriy jarimaga tortilgan.

Bundan tashqari, yo‘lovchi va yuk tashishni litsenziyalash 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi lozim bo‘lsa-da, Transport vazirligi tomonidan o‘z vaqtida integratsiya ishlari amalga oshirilmaganligi natijasida ushbu xizmat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmoqda. Ushbu holat bo‘yicha vazirlikning mas’ul xizmatlariga nisbatan Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan 10 oy davomida agentlik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmatlari ko‘rsatish, xizmat ko‘rsatish muddatlarini buzish hamda ortiqcha hujjat talab qilish kabi bir qator qonun buzilishlari aniqlangan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida eng ko‘p qonun buzilishi holatlari kadastr idoralari, hokimliklar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish (elektr, suv, gaz, suv-oqova tashkilotlari) tomonidan yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Yuqoridagi kabi holatlar qayta takrorlanishining oldini olish maqsadida agentlik tomonidan tegishli huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilmoqda. Xususan, aniqlangan holatlar bo‘yicha davlat organlariga 689 ta taqdimnoma, 1545 ta ogohlantirish yuborilgan hamda 2264 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Qo‘llanilgan ta’sir choralariga asosan 421 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 49 nafari vazifasidan ozod etilgan hamda 2244 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют