» » Hindistonda ochlikdan o‘lishni istamagan erkak atayin qamoqqa tushdi

Hindistonda ochlikdan o‘lishni istamagan erkak atayin qamoqqa tushdi


Hindistonning Tamilnad viloyatidagi Chennay shahrida bino minalashtirilgani haqida ikkita yolg‘on qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan erkak hibsga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, uning ushbu qonunbuzarlikni amalga oshirishiga qashshoqlik va ochlik sabab bo‘lgan.

Xabarda “Telefon terrorchisi” ikki marta uylangani va ikkala xotini ham uni tashlab ketgani qayd etilgan. Ushbu salbiy voqealardan keyin yigit o‘z ishxonasidan bo‘shagan va tushkunlikka berilgan. Uysiz, ishsiz qolgach, kam bo‘lsa ham yegulik iste’mol qilish uchun qamoqqa tushdi.

Erkak politsiyaga o‘g‘irlangan telefondan ikki marta qo‘ng‘iroq qilgan va turli binolarning minalashtirilganligi haqida yolg‘on axborot bergan. Polistiyachilar uning joylashgan yerini tezda aniqlab, hibsga olgan.

Erkakning qancha vaqt davomida qamoqda qolishi noma’lum.

Mavzuga doir: Hindistonda olti nafar bola noma’lum kasallik sabab hayotdan ko‘z yumdi

Avval Hindistonda 42 yoshli erkakning 50 ta tuxum yeyman deb garov o‘ynab, 41-tuxumdan keyin hushidan ketgani va shifoxonada vafot etgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют