» » Mast holdagi hindistonlik erkak o‘zini chaqqan ilonni g‘ajib tashladi

Mast holdagi hindistonlik erkak o‘zini chaqqan ilonni g‘ajib tashladi


Hindistonda yashovchi Raj Kumar ismli erkak spirtli ichimlik ta’sirida o‘zini chaqqan suvilonni g‘ajib tashladi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Oradan biroz vaqt o‘tgach erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli nima sababdan yomonlashgani noma’lum.

“Ilon uni chaqib olgan. Bunga javoban u ilonni bo‘laklarga bolib tashlagan”, — deydi jabrlanuvchining otasi.

Guvohlarning qayd etishicha, hindistonlik erkakning og‘ir ahvolga tushishida ilonning aybi yo‘q, chunki u suviloni bo‘lgan.

Kumarni ko‘zdan kechirgan shifokor holatdan hayratga tushgan va uni “juda g‘alati” deb atagan.

“Men ilon chaqqan insonlarni ko‘p ko‘rganman. Biroq ilonni tishlab, bo‘laklarga bo‘lib olib kelgan insonni birinchi marta ko‘rishim”, — deydi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют